“Kelajak soati”: yangi o’quv yili uchun barcha mashg‘ulotlar materiallari platformaga joylashtirildi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan 2026–2027-o‘quv yili uchun “Kelajak soati” dasturi ishlab chiqildi.
Mazkur dastur asosida har bir yosh guruhi uchun alohida dars ishlanmalari, ssenariylar, vizual va interaktiv materiallar tayyorlandi va “milliytarbiya.uzedu.uz” platformasiga joylashtirildi.
Eslatib o‘tamiz: Mashgʻulotlarni tashkil etish boʻyicha maktabgacha taʼlim yoshidagi 3–6 yoshli tarbiyalanuvchilar hamda maktablarning 1–4, 5–8 va 9–11-sinf oʻquvchilari uchun alohida yosh guruhlari kesimida oʻquv dasturlari ishlab chiqilgan.
