Пусть 2026 год — «Год развития махалли и возвышения общества»

Breadcrumb Background

Новость

#Beshinchi_ustozlar_forumi

SIFATLI TA’LIM — YANGI O‘ZBEKISTON TARAQQIYOTINING MUSTAHKAM POYDEVORI

Samarqand shahrida “Sifatli ta’lim – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining mustahkam poydevori” shiori ostida o‘tkazilayotgan V “Ustozlar milliy forumi”ning shahar bosqichi doirasidagi sho‘ba yig‘ilishlari davom etmoqda.

Samarqand shahrida davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari direktor o‘rinbosalari uchun mahorat seminari bo‘lib o‘tdi

Sho‘ba yig‘ilishlarida ta’lim sifatini oshirish, zamonaviy pedagogik yondashuvlarni amaliyotga joriy etish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish hamda pedagoglarning kasbiy mahoratini yanada rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Seminar-pedagoglar uchun tajriba almashish, yangi g‘oyalar va zamonaviy ta’lim yondashuvlarini muhokama qilish uchun muhim professional maydon bo‘lib xizmat qilmoqda.

​