Пусть 2026 год — «Год развития махалли и возвышения общества»

Breadcrumb Background

Новость

Samarqand shahridagi 79-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bolajonlarga “Kokoro Lingua” innovatsion platformasi orqali fransuz tilini o‘rgatishga qaratilgan namunaviy dars jarayoni tashkil etildi.

Mazkur dars jarayonida “Kokoro Lingua” kompaniyasi asoschisi Nathaliye Lesselin hamda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Maktabgacha ta’limni muvofiqlashtirish departamenti mutaxassisi Bahromjon Ermatov ishtirok etib, o‘quv mashg‘ulotlarining borishi, bolalarning darsga bo‘lgan qiziqishi va platformaning amaliy samaradorligi bilan yaqindan tanishdilar.

Dars jarayoni mobaynida bolalarga yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda tayyorlangan qiziqarli videodarslar orqali fransuz tilining boshlang‘ich so‘z va iboralari o‘rgatildi. Mashg‘ulotlar interaktiv shaklda tashkil etilgan bo‘lib, bolajonlar darslarda faol ishtirok etdilar.

Ta’kidlash joizki, “Kokoro Lingua” innovatsion platformasi bolalarning chet tilini erta yoshdan o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning nutqiy rivojlanishi hamda kommunikativ ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi.

Mazkur tashrif davomida loyihani Samarqand viloyatidagi boshqa davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ham joriy etish istiqbollari, pedagoglar uchun o‘quv-metodik yordam ko‘rsatish masalalari muhokama qilindi.