Пусть 2026 год — «Год развития махалли и возвышения общества»

Breadcrumb Background

Новость

Vazirning Samarqanddagi uchrashuvlari davom etmoqda

 Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova Samarqand shahridagi 67-son davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati bilan tanishdi.
Jarayonlar davomida muassasada inklyuziv ta’limni yanada rivojlantirish, imkoniyati cheklangan bolalar uchun to‘siqsiz va qulay muhit yaratish, zamonaviy infratuzilmani shakllantirish hamda ta’lim sifati va qamrovini oshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.



Shuningdek, 67-son DMTTni inklyuziv ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tayanch bog‘cha sifatida tashkil etish belgilandi.

Bu yerda inklyuziv ta’limning ilg‘or tajribalari joriy etilib, pedagoglar malakasini oshirish, metodik qo‘llab-quvvatlash va boshqa maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun namunaviy amaliyot maydoni yaratiladi.