1-SINFGA QABUL BOSHLANMOQDA!
2026-2027-o‘quv yili uchun maktabga qabul jarayonlariga start berilmoqda.
Qabul qachondan?
20-iyundan boshlab arizalar qabul qilinadi.
Bu yil respublika bo‘yicha 795 mingdan ortiq bolani maktabga qabul qilish rejalashtirilgan.
Kimlar qabul qilinadi?
2019-yil 1-yanvardan 31-dekabrga qadar tug‘ilgan bolalar.
Qabul bosqichlari:
1-bosqich: Mikrohudud doirasida.
2-bosqich: Maktablardagi bo‘sh o‘rinlarga qarab mikrohududdan tashqari.
Arizani qanday topshirish kerak?
Hujjatlar mutlaqo onlayn shaklda, quyidagi platformalar orqali yuboriladi:
my.maktab.uz
my.gov.uz (Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali)
Ota-onalar diqqatiga: Arizalarni kechiktirmasdan, belgilangan muddatlarda topshirishni unutmang!