Пусть 2026 год — «Год развития махалли и возвышения общества»

Breadcrumb Background

Новость

Navro‘z bayrami tadbirlari 21-mart kuni tashkil etiladi

🔵 Новость 20 мар. 2026

Navro‘z bayrami tadbirlari 21-mart kuni tashkil etiladi

Tobora yaqinlashib kelayotgan Navro‘z umumxalq bayramining asosiy tadbirlari Samarqand shahridagi "Alisher Navoiy" nomli markaziy istirohat bog‘i va “Mo‘jiza” amfiteatrida bo'lib o'tadi.

21-mart kuni erta tongdan bayram tantanalari "Alisher Navoiy" nomli markaziy istirohat bog‘i va shu nom bilan ataluvchi ko'chada boshlanadi.

Unda yangi sahna ko‘rinishlari, shoir va yozuvchilarning ijod namunalari, san’atkorlarning Vatan, tabiat, yoshlik va go‘zallik haqidagi yangi qo‘shiqlari, xalq og‘zaki ijodi, ansambllarning chiqishlari, askiya san’ati ijodkorlarining zamonaviy ijod mahsullari namoyish etiladi.

Shu kuni soat 11:00 da “Mo‘jiza” amfiteatrida bayramning konsert dasturlari boshlanadi.

Barchangizni bayram shodiyonalariga taklif qilamiz!