Metodist quyidagilarni amalga oshiradi:
Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmon, farmoyishlari va qarorlari, hukumat qaror va farmoyishlarini, davlat dasturlari asosida qabul qilingan, Mahalliy davlat hokimiyat organlarining qarorlari, buyruqlari ijrosini toʻliq bajarilishini taʼminlash;
vazirlikning hayʼati qarorlari, vazirning buyruqlariga, vazirlikning hujjatlari hamda koʻrsatmalariga, agentlikning qarorlari va buyruqlari, boshqarmaning hayʼati qarorlari, boshliq buyruqlari va topshiriqlari bilan unga yuklangan vazifalarning oʻz vaqtida ijro etilishini taʼminlash;
umumiy oʻrta taʻlim tashkilotlarida taʻlim tili, sinflar va oʻquv fanlari kesimida darsliklar va oʻquv-metodik majmualarga boʻlgan ehtiyojini oʻrganib, ularga buyurtma berilishini tashkil etadi, qayta taqsimotni amalga oshirish uchun darsliklarning inventarizatsiyasini oʻtkazadi;
umumiy oʻrta taʻlim tashkilotlari tomonidan taqdim etilgan darsliklar va oʻquv-metodik majmualarga boʻlgan ehtiyojlar asosida buyurtmalarni tahlil qiladi, ularni tuman (shahar) miqyosida umumlashtiradi, hududiy boshqarmaga taqdim etilishini muvofiqlashtiradi;
darsliklar va oʻquv-metodik majmualarni qabul qilish boʻyicha maktab komissiyalari tomonidan yangi oʻquv yiliga darsliklarni qabul qilinishini hamda hujjatlarni rasmiylashtirish ishlarini muvofiqlashtiradi;
kutubxona zahirasini darsliklar va oʻquv qoʻllanmalar bilan boyitib borish maqsadida zamonaviy usullarni qoʻllash choralarini koʻradi;
umumiy oʻrta taʻlim tashkilotlarida oʻquvchi yoshlar oʻrtasida kitobxonlikni kuchaytirish yoʻnalishida tegishli masʻullar bilan hamkorlik qiladi;
umumiy oʻrta taʻlim tashkilotlarini darsliklar va oʻquv-metodik majmualar bilan toʻliq taʻminlash, ushbu yoʻnalishda ilgʻor tajribalarni oʻrganish, amaliyotga tatbiq etilishini nazorat qilib boradi;
foydalanish muddati tugagan va yaroqsiz holga kelgan darsliklarni utilizatsiya qilish ishlarini tashkil etadi;
faoliyat yoʻnalishiga oid turli anjuman, konferensiyalar, oʻquvlar, koʻrik-tanlovlar tashkilashtiradi va oʻtkazilishini taʻminlaydi;
maktab kutubxonachilari faoliyatini tahlil qiladi va ularga metodik yordam koʻrsatadi;
umumiy oʻrta taʻlim tashkilotlari kutubxonachilari toʻgʻrisida maʻlumotlar bazasini yaratadi, ularning malakasini oshirish istiqbol rejalarining bajarilishini taʻminlaydi;
kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yongʻin xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qiladi;
kutubxonalar faoliyati monitoringini olib boradi va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha ishlarni amalga oshiradi.
Darsliklar boʻyicha metodist oʻz lavozim majburiyatlari hamda tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʻlimi boʻlimi Nizomiga muvofiq oʻziga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarning sifatli va oʻz vaqtida bajarilishi uchun javob beradi;
foydalanish uchun oʻziga topshirilgan mebel, xona jihozlari, tashkiliy va maishiy texnikadan oqilona foydalanilishi hamda ularning but saqlanishini va oʻzi ish olib boradigan xonada texnika va yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishini taʼminlaydi;
darsliklar boʻyicha metodist hujjatlar bilan ishlash, ularni belgilangan tartibda saqlanishini taʼminlashga shaxsan javob beradi;
darsliklar boʻyicha metodist mazkur lavozim yoʻriqnomasi va boshqa qonunchilik hujjatlariga asosan zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tegishli tartibda intizomiy va moddiy javobgardir.