Mentor o‘qituvchilar tomonidan ochiq darslar tashkil etilmoqda.
Samarqand shahar umumiy o‘rta ta’lim maktablarida faoliyat olib borayotgan fan o‘qituvchilarining kasbiy mahoratini oshirish, ilg‘or pedagogik tajribalarni ommalashtirish hamda ta’lim sifatini yanada yaxshilash maqsadida o‘quv yili davomida qator o‘quv-seminarlar tashkil etilmoqda.
Jumladan, KRK va KRS doirasida o‘tkazilayotgan mazkur tadbirlarda tajribali mentor o‘qituvchilar tomonidan amaliy mashg‘ulotlar yo‘lga qo‘yilib, ular o‘z bilim va ko‘nikmalarini boshqa pedagoglar bilan o‘rtoqlashmoqda.
Mazkur jarayonlarda mentor o‘qituvchilar tomonidan ochiq darslar tashkil etilib, dars jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalar, innovatsion yondashuvlar hamda samarali metodlar namoyish etilmoqda. Ochiq darslar davomida ishtirokchi o‘qituvchilar uchun tajriba almashish, savol-javoblar tashkil etish hamda amaliy tavsiyalar berish imkoniyati yaratilmoqda.
Ushbu o‘quv-seminarlar pedagoglarning kasbiy rivojlanishiga xizmat qilib, ta’lim jarayonining samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

