May 2026 — "The Year of Neighborhood Development and Social Upliftment"

Breadcrumb Background
Home News

News

Samarqand shahrida rus tilini o‘qitish bo‘yicha zamonaviy yondashuvlar muhokama qilindi

Bugun Samarqand shahridagi 82-maktabda “RKI (Rus tilini xorijiy til sifatida o‘qitish)ni o‘qitishda zamonaviy yondashuvlar: nazariyadan amaliyotga” mavzusida shahar miqyosidagi o'quv-seminari bo‘lib o‘tdi.

Mazkur seminar rus tilini o‘qitishda ilg‘or pedagogik yondashuvlarni ommalashtirish, o‘qituvchilarning metodik tajribasini oshirish hamda zamonaviy ta’lim texnologiyalarini amaliyotga joriy etishga qaratildi.

Seminar davomida xorijdan kelgan tajribali mutaxassislar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar. Jumladan:
Bella Gebekovna Shaxmanova – rus tilida ta’lim konsepsiyasi va RKI o‘qitish metodikasi haqida ma’ruza qildi.
Zaxar Viktorovich Stepanov – O‘zbekistonda RKI o‘qitishdagi metodik muammolar va ularning yechimlari bo‘yicha tajribasi bilan o‘rtoqlashdi.
Svetlana Fominichna Volkovskaya – rus tilini o‘qitishda o‘yin texnologiyalaridan samarali foydalanish usullarini taqdim etdi.
Nelli Valievna Muxtarova – integratsiyalashgan darslar orqali o‘quvchilarda zamonaviy kompetensiyalarni rivojlantirish haqida so‘z yuritdi.
Anna Olegovna Danilenko – video materiallarning dars jarayonidagi metodik imkoniyatlarini ko‘rsatib berdi.
Fyodor Vladimirovich Rybakov – virtual ekskursiyalar orqali o‘quvchilarni ta’lim jarayoniga jalb qilish usullari bilan tanishtirdi.

Seminar davomida ishtirokchilar o‘zaro tajriba almashib, rus tilini o‘qitishning innovatsion metodlari yuzasidan fikr va takliflar bildirdilar.

Tadbir yakunida bunday seminarlar pedagoglarning kasbiy rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.