Ayni damda Samarqand shahridagi Nurafshon san'at saroyida “Turon” maktab teatri respublika tanlovining Samarqand shahar bosqichiga start berildi.
Tanlovning ochilish marosimida bo'lim boshlig'i Z.Nuriddinov so‘zga chiqib, yurtimizda iqtidorli o‘quvchilarni qo‘llab - quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida gapirdi va barcha jamoalarga omad tiladi.



