May 2026 — "The Year of Neighborhood Development and Social Upliftment"

Breadcrumb Background
Home News

News

FAVQULODDA VAZIYATLARDA TO‘G‘RI HARAKAT QILISHGA BAG‘ISHLANGAN AMALIY SЕMINAR O‘TKAZILDI

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi huzuridagi Fuqaro muhofazasi instituti tomonidan Samarqand shahridagi 98-son davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari uchun o‘quv–amaliy seminar o‘tkazildi.

Seminarda institut dots.nti Zilola Saidova tomonidan favqulodda vaziyatlarda aholi va hududlarni muhofaza qilish, sohani raqamlashtirish hamda ilmiy-innovatsion faoliyatni rivojlantirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyati tushuntirildi. Shuningdek, bolalarni favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlanishga o‘rgatish bo‘yicha qo‘shma qaror mazmuni ishtirokchilarga yetkazildi.

Amaliy qismda “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi asosida tarbiyalanuvchilarda shaxsiy xavfsizlik kompetensiyalarini shakllantirish muammoli-vaziyatli va rolli o‘yinlar hamda interfaol mashg‘ulotlar orqali namoyish etildi.

Tadbirda viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rahbar xodimlari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari, tarbiyachilar va tarbiyalanuvchilar ishtirok etdi.

Mazkur seminar bolalarda shaxsiy xavfsizlik ko‘nikmalarini erta yoshdan shakllantirishga xizmat qildi.