“Samarqand” davlat muzey-qo‘riqxonasi
Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir.
“Samarqand” davlat muzey-qo‘riqxonasi tarkibiga kiruvchi Samarqand viloyat o‘lkashunoslik muzeyida Samarqand shahar 49-umumta’lim maktabining 6-sinf o‘quvchilari ishtirokida buyuk mutafakkir, so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida o‘quvchilar Alisher Navoiyning hayoti va ijodiga oid she’rlar o‘qib, sahna ko‘rinishlari namoyish etdilar hamda buyuk adibning boy adabiy merosi haqida bilimlarini mustahkamladilar. Ushbu tadbir yosh avlodni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga xizmat qildi.


