“Soliq bilimlari — yosh avlodga” tanlovi g'oliblari taqdirlandi!
O‘sib kelayotgan yosh avlod ongida soliqlar haqidagi bilimlarni shakllantirish, ularning huquqiy tafakkurini rivojlantirish hamda mamlakatimiz soliq tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar yuzasidan bilim va tasavvurlarini boyitish maqsadida “Soliq bilimlari — yosh avlodga” tanlovi bo'lib o'tdi.
Yoshlar o‘rtasida moliyaviy savodxonlikni oshirish, soliq tizimi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan “Soliq bilimlari-yosh avlodga” ijodiy ishlar tanlovining Samarqand shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Tanlov 5–7-sinflar uchun “Soliqlar mavzusining suratlardagi tasviri” — eng yaxshi rasm, 8–9-sinflar uchun
“Soliq: kecha, bugun, ertaga” mavzusida eng yaxshi insho, 10–11-sinflar uchun “Soliqlar nimaga to‘lanadi va nimalarga sarflanadi?” mavzusida eng yaxshi videorolik yoki reels yo'nalishlari bo'yicha ijodiy ishlari asosida bellashishdi.
Tanlov davomida ishtirokchilar soliq qonunchiligi, soliq turlari hamda ularning jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyati bo‘yicha bilim va salohiyatlarini namoyon etdilar. Yakuniy natijalarga ko‘ra, eng faol va bilimli ishtirokchilar g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Tadbir yakunida tanlov g‘olib va sovrindorlari tashkilotchilar tomonidan diplom, faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Tadbirda bo'lim boshlig'i Z.Nuriddinov hamda soliq inspeksiyasi boshlig'i J.Aminov taqdirlash marosimida ishtirok etdi.
Mazkur tanlov yoshlarning soliq sohasidagi bilimlarini oshirish, ularda qonunlarga hurmat va mas’uliyat hissini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.


.jpg)