May 2026 — "The Year of Neighborhood Development and Social Upliftment"

Breadcrumb Background
Home News

News

SAMARQAND VILOYATIDA MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI SOHASIGA OID DOLZARB MASALALAR MUHOKAMA QILINDI

Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i M. Hamdamov ishtirokida navbatdagi hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Boshqarma mas’ullari, Pedagogik mahorat markazi rahbari va mas’ul xodimlari, tuman va shahar maktabgacha hamda maktab ta’limi bo‘limlari mas’ullari, shuningdek, maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari ishtirok etdilar.

Yig‘ilish kun tartibida sohani yanada rivojlantirishga qaratilgan qator muhim masalalar mas’ullar ishtirokida atroflicha muhokama qilindi. Xususan, maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish va qamrov darajasini oshirish, maktab ta’limi sifatini yaxshilash hamda pedagoglarning kasbiy mahoratini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, o‘quvchilarning sifatli ta’lim olishi uchun zarur bo‘lgan qulay shart-sharoitlarni yaratish, sohaga oid aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Yig‘ilish davomida boshqarma hamda tuman va shahar bo‘limlari tomonidan 2025 yilda amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinib, kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar belgilanib olindi. Mas’ullarga belgilangan yo‘nalishlar bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.

Mazkur hay’at yig‘ilishi ta’lim sohasidagi islohotlarni izchil davom ettirish, tizimli ishlarni kuchaytirish va ta’lim sifatini yanada oshirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.