???? Eksternat tartibida yakuniy davlat attestatsiyasida ishtirok etish uchun arizalar joriy yilning 1-fevralidan qabul qilinadi
✅ 2025-2026-oʻquv yilida eksternat tartibida yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkaziladigan maktablar belgilandi. (https://api-portal.gov.uz/uploads/9/2026/01/21/51fb0e89-a7e9-33bd-04ee-9f4e8ca5a6a0_media_.pdf)
✅ Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan tasdiqlangan Reglament (https://lex.uz/docs/-6044094)ga (https://lex.uz/docs/-6044094) muvofiq, eksternat tartibida yakuniy davlat attestatsiyasida ishtirok etish uchun arizalar:
➡️ joriy yilning 1-fevralidan 1-apreliga qadar (shu kuni ham) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (https://my.gov.uz/uz/service/697) orqali qabul qilinadi.
➖ 9-sinf uchun — tegishli yilda 17 yoshga to‘ladigan;
➖ 11-sinf uchun — 19 yoshga to‘ladigan va undan katta yoshdagi majburiy umumiy o‘rta ta’limga jalb qilinmagan fuqarolar ariza berishlari mumkin.
❌ Ariza berish uchun maktab yoki vazirlikning hududiy boʻlinmalariga borish shart emas.
❗️Mazkur davlat xizmati bepul amalga oshiriladi.
???? Bu muhim! Fuqarolar hozirda doimiy (yoki vaqtinchalik) yashayotgan hududdagi eksternat maktabga onlayn ariza yuborishlari mumkin.