May 2026 — "The Year of Neighborhood Development and Social Upliftment"

Breadcrumb Background
Home News

News

“Milliy ruh va zamonaviy yondashuv” — Samarqandda metodik seminar o'tkazildi

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Samarqand shahri “Metodik hudud” sifatida izchil rivojlantirilmoqda. Ushbu loyiha doirasida “Direktorlar sho‘basi” faoliyati yo‘lga qo‘yilib, haftaning payshanba kuni “Metodik kun” etib belgilangan.

Mazkur tashabbuslar doirasida Samarqand shahar 3-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Milliy ruh va zamonaviy ish uyg‘unligi” mavzusida metodik-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida Koreya va Yaponiya ta’lim tizimining ilg‘or tajribalari milliy qadriyatlarimiz bilan uyg‘unlashtirildi. Shuningdek, zamonaviy pedagogik metodlar, innovatsion yondashuvlar hamda amaliy ishlanmalar namoyish etildi.

Seminar ishtirokchilari o‘zaro tajriba almashib, maktabgacha ta’lim jarayonida samaradorlikni oshirishga qaratilgan muhim taklif va tavsiyalar bilan o‘rtoqlashdilar.