Samarqand viloyat bolalar kutubxonasida buyuk mutafakkir Alisher Navoiy ijodiga bag‘ishlangan “Hazrat Navoiyni anglash — o‘zlikni anglash” mavzusida insholar ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.
Tanlovda tuman va shahar bosqichlarida 1-, 2- va 3-o‘rinlarni egallagan iqtidorli o‘quvchilar ishtirok etdi. Mazkur ko‘rik-tanlov yosh avlodning ma’naviy dunyoqarashini boyitish, Navoiy merosini chuqur o‘rganish hamda o‘quvchilarning ijodiy salohiyatini rivojlantirishga qaratildi.
Tanlov yakunlariga ko‘ra Samarqand shahar 9-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 9-sinf o‘quvchisi F. Hamrayeva 2-o‘rinni qo'lga kiritdi.
