May 2026 — "The Year of Neighborhood Development and Social Upliftment"

Breadcrumb Background
Home › News

News

"Ma'naviyat va ma'rifat namunasi" shahar ko‘rik-tanloviga start beriladi!

Samarqand shahrida "Ma'naviyat va ma'rifat namunasi" ko‘rik-tanlovi o‘tkaziladi.

Mazkur tanlov davlat va xususiy umumtaʼlim maktablari, davlat va nodavlat tashkilotlari hamda mahallalarda ma'naviy-ma'rifiy muhitni yanada yuksaltirish, Ma'naviyat va ma'rifat kengashlari hamda Ma'naviyat va ma'rifat xonalari faoliyatini takomillashtirish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish va eng namunali maskanlarni aniqlashga xizmat qiladi.

 Ko‘rik-tanlov 2026-yil sentyabr–oktyabr oylarida o‘tkaziladi.

 Tanlov quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi:
 Eng yaxshi ta'lim muassasasi;
 Eng yaxshi tashkilot;
 Eng yaxshi mahalla.

 Har bir nominatsiya g‘olibi Diplom hamda 15 million so‘mlik kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlanadi.

Hurmatli, Samarqand shahridagi ta'lim muassasalari rahbarlari, tashkilot va idoralar mas'ullari hamda mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari!

Sizlarni ushbu nufuzli ko‘rik-tanlovda faol ishtirok etishga, o‘z jamoangizda olib borilayotgan ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini namoyon etishga chorlaymiz.

 Tanlovda qatnashish uchun arizalar Samarqand shahar Ma'naviyat va ma'rifat kengashi (Shahar hokimligi, 13-xona) hamda Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Samarqand shahar bo‘linmasi tomonidan telegram kanal orqali qabul qilinadi.

 Murojaat uchun
 Telegram: @manaviyatmarifat24
 

​