Samarqand shahrida “Beshinchi ustozlar milliy forumi” o‘tkazildi
Samarqand shahrida maktabgacha va maktab ta’limi tizimida faoliyat yuritayotgan pedagoglar va jamoatchilik vakillari ishtirokida “Ustozlar milliy forumi” bo‘lib o‘tdi.
Forum avvalida O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangradi.
Tadbirda Samarqand shahar hokimi Fazliddin Umarov so‘zga chiqib, shaharda maktabgacha va maktab ta’limi tizimini rivojlantirish, ta’lim sifati va samaradorligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda erishilayotgan natijalarga to‘xtalib o‘tdi.
Shuningdek, ta’lim muassasalarida yaratilayotgan shart-sharoitlar, pedagoglarning kasbiy salohiyatini oshirish, yosh avlodga zamonaviy bilim va ko‘nikmalar berish borasidagi ustuvor vazifalar alohida qayd etildi.
Unda ta’lim-tarbiya jarayonidagi samarali faoliyati, yosh avlodga sifatli ta’lim berish, ilg‘or tajribalarni joriy etish va jamoat ishlaridagi faolligi bilan alohida e’tirofga sazovor bo‘lgan ustozlarga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.





