May 2026 — "The Year of Neighborhood Development and Social Upliftment"

Breadcrumb Background
Home › News

News

Samarqand shahrida "Aqlli til ta'limi" (Smart Tongue Education Program) loyihasi bo‘yicha maktab direktorlari uchun seminar bo‘lib o‘tdi!
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan taqdim etilgan ushbu innovatsion dastur o‘quvchilarning xorijiy tillarni amaliy o‘zlashtirish darajasini yangi bosqichga olib chiqishni maqsad qilgan.
Seminarda muhokama qilingan asosiy masalalar va yangiliklar:
Darajalarga ajratish: O‘quvchilar dastlabki til darajasi (A2, B1, B2) bo‘yicha guruhlarga ajratiladi va o‘z darajasiga mos o‘quv dasturlari bo‘yicha ta'lim oladi.
Haftalik darslar tuzilmasi:
Asosiy darslar: Haftasiga 2 soat mahalliy o‘qituvchilar tomonidan imtihonlarga (o‘qish, tinglash, yozish) tayyorgarlik sifatida o‘tkaziladi.
Qo‘shimcha darslar: Haftasiga 4 soat (2 ta mashg‘ulot) xalqaro va mahalliy o‘qituvchilar hamkorligida interaktiv hamda kommunikativ usulda olib boriladi.
Speaking club: Haftada bir marta (juma kunlari) o‘quvchilarning erkin muloqot ko‘nikmalarini va talaffuzini rivojlantirish uchun muloqot to‘garaklari tashkil etiladi.
Zamonaviy manbalar: O‘quv jarayonida Oxford nashriyotining "Solutions" (Elementary, Pre-Intermediate, Intermediate) darsliklari hamda maxsus BMT Barqaror rivojlanish maqsadlariga asoslangan loyihaviy ta'lim dasturlaridan foydalaniladi.
Seminar davomida maktab rahbarlariga ushbu yangi tizimni samarali joriy etish va o‘quvchilarning mehnat bozorida raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.

​