May 2026 — "The Year of Neighborhood Development and Social Upliftment"

Breadcrumb Background
Home News

News

Har Payshanba – Yoshlar kuni munosabati bilan Samarqand shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi rahbariyati tomonidan bo‘lim tasarrufidagi 71-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida sportning xalqaro va respublika miqyosidagi musobaqalarida yuqori natijalarga erishgan o‘quvchi-yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Samimiy ruhda o‘tgan uchrashuvda yosh sportchilarning erishgan yutuqlari e’tirof etilib, ularning fikr va mulohazalari tinglandi. Muloqot davomida yoshlarning sportga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda kelgusida yangi marralarni zabt etishlari uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar xususida so‘z yuritildi.

Tadbir yakunida bo‘lim rahbariyati yosh sportchilarga kelgusidagi nufuzli musobaqalarda ham yuksak natijalarga erishish, Vatanimiz sharafini xalqaro maydonlarda munosib himoya qilish va yangi zafarlarni qo‘lga kiritishlariga ishonch bildirib, ularga ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.