May 2026 — "The Year of Neighborhood Development and Social Upliftment"

Breadcrumb Background
Home News

News

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E'zoza Karimova boshchiligida Samarqand viloyati, Samarqand shahridagi 45-maktabda navbatdagi “Sayyor qabul” tashkil etildi.
Mazkur ochiq muloqotda viloyatdagi ta’lim muassasalari xodimlari, ota-onalar bevosita ishtirok etib, tizim faoliyatini yanada rivojlantirishga qaratilgan o‘z murojaat va takliflarini bildirishdi.

Xususan, "Sayyor qabul" davomida:

nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini kengaytirish,
pedagoglarning mehnat munosabatlari, ish bilan ta’minlash,
ta'lim muassasalaridagi qurilish-ta'mirlash ishlari,
ta'lim tashkilotlari direktorlarining mansab vakolatlariga oid qator dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi.

 Jarayonlar davomida 30 dan ziyod murojaat kelib tushdi. Har bir murojaat vazir boshchiligida atroflicha o'rganildi.
 Xususan, murojaatlarning 7 tasi ijobiy hal etildi, 5 tasi bo‘yicha zarur tushuntirishlar berildi, qolganlarini esa ularni belgilangan tartibda hal etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.