May 2026 — "The Year of Neighborhood Development and Social Upliftment"

Breadcrumb Background
Home News

News

Maktabgacha ta’lim muassasasida yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi

 Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashining 20-Kamolot saylov okrugidan saylangan deputati Bagirov Nosir Musayevich tashabbusi bilan Amir Temur MFY hududida joylashgan 76-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘rganish ishlari olib borildi.

 Unda ta’lim muassasasida bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim-tarbiya jarayoni, sanitariya-gigiyena holati, oziqlantirish sifati hamda tarbiyalanuvchilarning xavfsizligini ta’minlash borasidagi ishlar ko‘zdan kechirildi.

 Shuningdek, muassasa rahbariyati va pedagoglar bilan suhbat o‘tkazilib, maktabgacha ta’lim sifatini yanada oshirish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda aniqlangan masalalarni bosqichma-bosqich hal etish yuzasidan fikr almashildi.