May 2026 — "The Year of Neighborhood Development and Social Upliftment"

Breadcrumb Background
Home News

News

Samarqand shahridagi 8-umumta’lim maktabining 9-sinf o‘quvchisi Dilnura Nuraliyeva yapon tilida bemalol muloqot qila oladi. U yapon tilini bilish bo‘yicha yuqori — C1 darajani muvaffaqiyatli qo‘lga kiritgan.

Yosh bo‘lishiga qaramay, Dilnura xorijiy tillarni o‘rganishga bo‘lgan yuksak qiziqishi, tinmay izlanishi va qat’iyati bilan tengdoshlari orasida alohida ajralib turadi. Qo‘lga kiritilgan natija uning uzluksiz mehnati va aniq maqsad sari intilishining yorqin ifodasidir.

Dilnura Nuraliyeva kelajakda Yaponiyada tahsil olishni orzu qiladi. Uning ta’kidlashicha, chet tilini mukammal bilish orzularini amalga oshirishda muhim poydevor hisoblanadi.