2026-yil 20-yanvar kuni A.S. Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazi hamda Samarqand shahar Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamkorligida jadid ma’rifatparvari Mahmudxo‘ja Behbudiy tavallud kuni munosabati bilan
“Mahmudxo‘ja Behbudiy – Vatan va ma’rifat fidoyisi” nomli ijodiy uchrashuv kechasi tashkil etildi.
Tadbirda Mahmudxo‘ja Behbudiy uy-muzeyi direktori Gulmamat Ahmedov hamda Toshkent kimyo xalqaro universiteti Samarqand filiali katta o‘qituvchisi Usmonov Abdurashid Norbo‘tayevich ishtirok etib, Mahmudxo‘ja Behbudiyning hayoti, serqirra faoliyati va millat taraqqiyoti yo‘lida amalga oshirgan buyuk xizmatlari haqida qimmatli ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashdilar.
Tadbir davomida Samarqand shahar 9-umumta’lim maktabining 7–8-sinf o‘quvchilari tomonidan kuy-qo‘shiqlar hamda sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.