O‘quvchilarning yozgi ta’tili qanday tashkil etiladi?
Samarqand shahrida yozgi sog‘lomlashtirish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.
Samarqand shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Z.Nuriddinov raisligida maktab direktorlari hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlar ishtirokida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda yoz mavsumida o‘quvchilarning maroqli dam olishini tashkil etish va sog‘lomlashtirish lagerlarining shayligi masalalari muhokama qilindi.
O'quvchilarning bo'sh vaqtlarida shahardagi tarixiy joylarga sayohatlar tashkil etish vazifalari belgilab olindi.
