May 2026 — "The Year of Neighborhood Development and Social Upliftment"

Breadcrumb Background
Home News

News

Har payshanba – Yoshlar kuni!
 
Joriy yilning 11-iyun kuni Samarqand shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi rahbariyati shahardagi 31-umumiy o‘rta ta’lim maktabida tashkil etilgan “Kamalak” kunduzgi sog‘lomlashtirish maydonchasida dam olayotgan o‘quvchi-yoshlar bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida o’quvchilarning maroqli dam olishlari hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Dam oluvchilar bilan bo‘lgan muloqotda oromgohda o‘tkazilayotgan to‘garaklar, ma’naviy-ma’rifiy, sport-sog‘lomlashtirish tadbirlari bolajonlarga manzur ekanligiga guvoh bo‘ldik.
Ma’lumot uchun, bugungi kunda Samarqand shahrida jami 8 ta maktablarda kunduzgi sog‘lomlashtirish maydonchalari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ularda mavsum davomida 2830 nafar bolajonlarni sog‘lomlashtirish rejalashtirilgan.