May 2026 — "The Year of Neighborhood Development and Social Upliftment"

Breadcrumb Background
Home News

News

XAYR BOG‘CHAM - SALOM MAKTAB!

🔵 News 08 Jun 2026

XAYR BOG‘CHAM - SALOM MAKTAB!

Mana, bolalikning beg‘ubor davri ortda qolib, yangi – maktab sari ilk qadamlar qo‘yiladigan fursat keldi. Samarqand shahar 6-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida ana shunday unutilmas voqea – «Xayr bog‘cham, salom maktab!» tadbiri tantanali ravishda bo‘lib o‘tdi.

Bugun shahardagi 6-DMTTning bitiruvchi bolajonlari uchun nafaqat o‘tgan besh-olti yilning yakuni, balki yangi hayotga ochilayotgan eshikdir. Bayram avvalida bolajonlar o‘zlarining iste’dodlarini namoyish etdilar.
Jonli kuy-qo‘shiqlar, sho‘x raqslar, ertak qahramonlarini eslatuvchi sahna ko‘rinishlari va she’rlar barcha yig‘ilganlarga xush kayfiyat bag‘ishladi. Ularning har bir chiqishida tarbiyachilarning mehnati va cheksiz muhabbati aks etib turdi.

«Xayr bog‘cham, salom maktab!» tadbiri 6-DMTT bitiruvchilarining qalbida unutilmas xotiralar, yangi hayotga umid uyg‘otdi. Ular endi maktab sari, bilim va kashfiyotlar dunyosi sari dadil qadam tashlaydilar. Ularga omad va porloq kelajak tilaymiz!

Samarqand shahar 6-DMTT