Samarqand shahar maktablarida bitiruvchi yoshlarni OTMga yo‘naltirish va kasb tanlash bo‘yicha uchrashuvlar, targ'ibot tadbirlari tashkil etilmoqda.
Samarqand shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tashabbusi bilan umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 11-sinf bitiruvchilari hamda ularning ota-onalari ishtirokida uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.
Mazkur tadbirlardan ko‘zlangan asosiy maqsad — bitiruvchi yoshlarni oliy ta’lim muassasalariga o'qishga kirishga yo‘naltirish, kasb tanlashda amaliy tavsiyalar berish hamda ota-onalar bilan hamkorlikni yanada mustahkamlashdan iboratdir.
Uchrashuvlarda bo‘lim mas’ullari, maktab rahbariyati, mahalla raislari, psixologlar va sinf rahbarlari ishtirok etib, yoshlarning kelajak rejalari, qiziqishlari va imkoniyatlari yuzasidan fikr almashmoqda.
Tadbirlar belgilangan reja asosida shahardagi maktablarda davom etmoqda.

