14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Samarqand shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limida tantanali tadbir tashkil etildi. Tadbirda bo‘lim rahbariyati, ta’lim muassasalari xodimlari, ustozlar hamda faxriy mehmonlar ishtirok etdi.
Bayram tadbirida yurt tinchligi va osoyishtaligini ta’minlash yo‘lida fidokorona xizmat qilayotgan Vatan himoyachilariga chuqur hurmat va ehtirom bildirildi. So‘zga chiqqanlar yosh avlodni vatanparvarlik, jasorat va sadoqat ruhida tarbiyalashda ta’lim tizimining muhim o‘rni borligini ta’kidladilar.
Tadbir davomida bir guruh fidoyi pedagoglar va xodimlar samarali mehnati hamda ta’lim sohasidagi faolligi uchun faxriy yorliq bilan taqdirlandi.
Mazkur tadbir Vatanga muhabbat, milliy g‘urur va fidoyilik tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.