Xushxabar
Surxondaryoda o‘tkazilayotgan Asosiy fan olimpiadasining respublika bosqichda;
Pastdarg‘om tumanidagi 31-umumta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi Shohjahon Sadullayev “Davlat va huquq asoslari” fanidan 1-o‘rinni,
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti qoshidagi akademik litsey o‘quvchisi O'g'iloy Eshmurodova O‘zbek tili (Davlat tili) fanidan 1-o‘rinni,
Samarqand shahridagi 51-umumta‘lim maktabi o‘quvchisi Kim Isak rus tili va adabiyoti fanidan 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
O‘quvchilarimizni ushbu yuksak natija bilan samimiy tabriklaymiz!
Ularning kelgusi o‘qish va ishlarida, ulkan zafarlar tilaymiz!

