#Robo_coding
MAKTAB OʻQUVCHILARI OʻRTASIDA "ROBO-CODING" OLIMPIADASI OʻTKAZILDI
Samarqand shahar maktab oʻquvchilari oʻrtasida "Robo-Coding" olimpiadasining shahar bosqichi boʻlib oʻtdi.
Shahar bosqichda quyi 5–8-sinflar hamda yuqori 9–11-sinflardan jamoalar shakllantirilib, mazkur olimpiadada ishtirok etdi.
Tanlov natijalariga ko‘ra 54-maktab 9-11 sinf o‘quvchilari hamda 81-maktab 5-8 sinf o‘quvchilari faxrli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Birinchi o‘rin sohiblari mazkur olimpiadaning keyingi bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanma oldi.


